
Zakkani: "Men uchun takrorlanmas oqshom bo‘ldi"
- 25-июн 2024, 03:27
- 0
- Futbol
Italiya terma jamoasi vingeri Mattia Zakkani "Evro-2024" uchinchi turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, bu oqshom bir umr yodimda qoladi. Ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olish biz uchun juda muhim edi. Biz turnirda qolish uchun borimizcha harakat qildik va ikkinchi taymda bunga mos o‘ynadik. Biz bu durangga loyiqmiz. Albatta, natijani qo‘lga kiritishimizda murabbiyning o‘rni katta, muhim o‘zgarishlar o‘yin taqdirini hal qildi.
Italiyaning turnirda saqlab qoladigan golni kiritganimdan xursandman. Gol urilgan vaziyatda dastlab, sezmay qoldim. Kalafiori menga uzatma amalga oshirdi va hammasi tez sur’atda rivojlanib ketdi. Del Pero esa mening kumirim. Germaniyaga kelishimdan oldin Koversianoda gaplashgandik", - dedi Zakkani.
Ma’lumot o‘rnida, Italiya "Evro-2024" uchinchi turida Xorvatiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘l oldi.