
"Yuventus" noqonuniy masalalarda aybdor deb topilgan futbolchilari o‘rniga "Arsenal" a’zosini olib kelmoqchi
"Yuventus" klubi qishki transfer oynasida yarim himoyachi olib kelishni maqsad qilgan. Asosiy nomzod sifatida "Arsenal" vakili Jorjino ko‘rilmoqda.
"Calciomercato" nashrining xabar berishicha, tanasidan doping aniqlangan Pol Pogba va noqonuniy pul tikishda ayblanayotgan Nikolo Fadjoli o‘rniga turinliklar aynan Jorjinoni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Klub rahbariyati futbolchining London jamoasida kam o‘yin amaliyotga ega bo‘layotganidan foydalanib qolishni reja qilgan.
Ana xolos! Pogbaning qayta topshirgan doping testida yana ijobiy natija chiqdi. U uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
"Yuventus" futbolchisi 7 oyga futboldan chetlashtiriladi. Sababi...
Fikrlar