
"Yuventus" mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi (video)
Italiya A Seriyasining 1-turida “Yuventus” o‘z maydonida “Sampdoriya”ni qabul qildi.
Turinda kechgan bellashuv mezbonlarning mutlaq ustunligida o‘tdi. Yakunda Pirlo shogirdlari 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Deyan Kulusevski (13'), Leonardo Bonuchchi (78') va Krishtianu Ronaldu (88') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar