“Yunayted” dahshatli summani uch o‘yinchiga sarflaydi

  • 20 may, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olayotgan Erik ten Xag jamoa muvaffaqiyatga erishishi uchun ayrim o‘yinchilarni olish kerakligini uqtirmoqda.

Tecno

Bu transferlar uchun rahbariyat 52 yoshli niderlandiyalik mutaxassisga 140 million evro ajratadi.

Erik ten Xag bu mablag‘ni o‘zining “Ayaks”dagi shogirdlari – himoyachi Yurrien Timber va hujumchi Antoni va “Barselona” yulduzi Frenki de Yongni olib kelish uchun sarflamoqchi.

Shuningdek, Erik ten Xag yangi mavsumda Krishtianu Ronaldu bilan birga ishlashga ham rozilik bergan. U portugaliyalik yulduzning jamoadagi mavqeini o‘z foydasiga ishlatishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!