
Yulduz bo‘lsang o‘zingga! MYu futbolchisi Varanga raqamini bermadi
“Manchester Yunayted”ning yangi himoyachisi Rafael Varan o‘ziga 4-raqam berilishini so‘radi. Biroq, manchesterliklar tarkibida ushbu raqam egasi hisoblangan Fil Jon frantsiyalik himoyachiga raqamini bermadi.
Ma’lumki, Rafael Varan Frantsiya terma jamosida to‘rtinchi raqamda o‘ynagan. Fil Jons esa, “Blekbern Rovers”dan “Manchester Yunayted”ga transfer qilingan davr – 2011 yildan beri ushbu raqamni o‘ziniki qilib kelmoqda.
Endi Varan yangi jamoasida 19-raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi. Tez orada Rafael orzusidagi raqamni olishi mumkin. “Manchester Yunayted” o‘tgan mavsumda birorta uchrashuv o‘tkazmagan Fil Jonsni sotib yuborishga harakat qilmoqda. Agar angliyalik himoyachi klubni tark etsa, frantsiyalik futbolchi uning raqamini olishi mumkin bo‘ladi.
Fikrlar