Yosh sambochilarimiz "Osiyo bolalari-2022" festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

BEPUL PROPAN

Joriy yilning 27 iyul – 8 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida o‘smirlar o‘rtasida (14-16 yosh toifasida) “Osiyo bolalari” sport festivali o‘tkaziladi.

Mazkur festivalda 15 ta mamlakatdan 1 650 nafar ishtirokchi 19 ta sport turi bo‘yicha 273ta medallar jamlanmasi uchun bahslarga kirishadi. Musobaqa dasturida sportning sambo turi ham o‘rin olgan bo‘lib, unda 6 nafar o‘g‘il bola va shuncha qiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Festival doirasida sambo bellashuvlari 4 avgust sanasiga rejalashtirilgan. Musobaqada o‘g‘il bolalar -46 kg vazn toifasidan -79 kggacha, qizlar esa -41 kgdan -65 kggacha vazn toifasida g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib boradi.

Hozirda sportchilarimiz Samarqand viloyati Toyloq Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borishmoqda. Mashg‘ulotlar 23 iyulga qadar davom etadi.

photo_2022-07-15_08-42-16

photo_2022-07-15_08-42-18 (2)

photo_2022-07-15_08-42-18

photo_2022-07-15_08-42-17

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!