
Yilning eng yaxshi terma jamoa murabbiyi e’lon qilindi
De la Fuente IFFHS versiyasi bo‘yicha 2024 yilning eng yaxshi terma jamoa murabbiyi deb topildi.
Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan terma jamoalarning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi. Ro‘yxatning 10 taligidan o‘rin olgan mutaxassislar ro‘yxati bilan tanishing:
1. Luis de la Fuente (Ispaniya) - 274 ball;
2. Lionel Skaloni (Argentina) - 148 ball;
3. Dide Desham (Frantsiya) - 35 ball;
4. Garet Sautgeyt (sobiq Angliya) - 26 ball;
5. Emers Fae (Kot-d’Ivuar) - 18 ball;
6. Yulian Nagelsmann (Germaniya) - 17 ball;
7. Nestor Lorenso (Kolumbiya) - 14 ball;
8. Vinchentso Montella (Turkiya) - 8 ball;
9. Villi Sanol (Gruziya) - 6 ball;
10. Marselo Belsa (Urugvay) - 5 ball;
Fikrlar