Yaponiya. "Renofa Yamaguchi" mavsumdagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 10 mart, 2019, 12:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Doston Tursunov faoliyat olib boradigan "Renofa Yamaguchi" jamoasi bu tur safarda "Chiba" mehmoni bo‘ldi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda "Renofa Yamaguchi" 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tursunov odatdagidek maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

Tecno

Qayd etish joiz, bu Tursunov jamoasi uchun mavsumdagi dastlabki g‘alaba bo‘ldi.

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz - Zabihillo O‘rinboev mazkur ligada faoliyat olib boruvchi "Tokushima Vortis" klubi ham bugun o‘z o‘yinini "Omiya Arija"ga qarshi o‘tkazdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘rinboev qaydnomaga kiritilmadi.

"J2" liga. 3-tur

"Chiba" - "Renofa Yamaguchi" 2:5

"Tokushima Vertis" - "Omiya Arija" 0:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!