
Yangi mavsumda "Borussiya D"ning sardori kim bo‘ladi?
2024 yilgi mavsum yakunida Marko Roys "Borussiya"dagi 12 yillik faoliyatidan so‘ng jamoadan ketdi. Yangi mavsumda klubning sardori kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Nuri Shahin boshchiligida Dortmund klubi yarim himoyachisi Emre Jan jamoa sardori bo‘lib qoladi. Bu haqda "arilar" sport direktori Sebastyan Kel ma’lum qildi.
"Emre Jan kuchli sardor sifatida qoladi. O‘yinchilar mavsum boshlanishidan hayajonlanishayotganini his qilyapman. Ularda muvaffaqiyatga erishish istagi katta. Men yuqori intensivlik va kontsentratsiyani ko‘rmoqdaman, - deya Kelning so‘zlarini keltiradi jurnalist Florian Plettenberg.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Jan 2020 yilning yozida Turinning "Yuventus" klubidan "sariqlar" safiga o‘tgan edi.
Fikrlar