
Yamalga afsonaviy raqam beriladi
“Barselona”da 10-raqam alohida qadrlanadi. Uzoq yillar davomida klub afsonasi Lionel Messiga tegishli bo‘lgan bu raqam argentinalik yulduzdan keyin Ansu Fatiga berilgan edi.
Ispaniyalik hujumkor futbolchi Messining vorisiga aylana olmagan bo‘lsa-da, bu raqamni o‘zida saqlab turibdi.
El Chiringuito nashrining ma’lum qilishicha, kelasi mavsum oldidan bu raqam Lamin Yamalga o‘tadi. Chunki klub Ansu Fati bilan xayrlashishga qaror qilgan va o‘z-o‘zidan 10-raqam bo‘shaydi.
Hozircha 19-raqamda to‘p tepayotgan Lamin Yamal barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushib, to‘qqizta gol va 13 ta assist muallifi bo‘ldi.
Amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadigan 17 yoshli futbolchi bugungi kunda Transfermarkt portali tomonidan 180 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar