Xoland “Manchester Siti”ning raqiblarini ogohlantirdi
- 28-апрел, 21:18
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand raqiblarini ogohlantirdi. Uning fikricha, jamoa kelasi mavsumda yanada kuchliroq bo‘lib qaytadi.
“Oxirgi bir-ikki yil ichida, ayniqsa, so‘nggi bir yilda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Klubga ko‘plab yangi o‘yinchilar keldi. Yangi liga va yangi mamlakatga kelganlarga moslashish uchun vaqt kerak. Bu oson emas, vaqt talab qiladi. O‘ylaymanki, bizni qiziqarli davrlar kutmoqda va men buning bir qismi bo‘lishni intiqilik bilan kutyapman", - dedi Holand ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ayni damda Angliya chempionatda ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Gvardiola shogirdlari “Arsenal”dan 3 ochko ortda qolmoqda.
Abduvaliev Azizbek
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q