Xokkey. Bugungi g‘alaba "Humo"ni yarim finalga olib chiqishi mumkin
- 28-август 2022, 05:25
- Javokhir Azimov
- 0
- Xokkey
Bugun xokkey bo‘yicha Qozog‘iston Kubogida navbatdagi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda Toshkentning "Humo" klubi mezbonlar vakili "Kulager"ga qarshi muzga chiqadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Bungacha Evgeniy Popixin shogirdlari bullitlar seriyasida "Saryarqa"ga imkoniyatni boy berib, "Aktobe" ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozongandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q