Shakira tufayli besh million muxlis Pikedan yuz o‘girdi

  • 8 iyul, 2022, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” himoyachisi Jerar Pike xiyonati tufayli ko‘plab muxlislaridan ayrilyapti. Taniqli xonanda Shakira 12 yil birga yashagan insonining xiyonatini kechirmadi va yulduzli juftli ajralishib ketdi.

Tecno

Ayni paytda tomonlar farzandlar kimning qaramog‘ida bo‘lishini aniqlab olish uchun sudlashyapti.

Shakira Pikening hech kim bilmagan sirlarini ochib, uni sharmanda qilishga bel bog‘lagan. Vaziyatni kuzatib borayotgan mutaxassislar Pikening ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari soni keskin kamayib borayotganiga e’tibor qaratdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Shakira bilan ajralishganidan keyin besh million obunachi Pikedan yuz o‘girgan va bu ko‘rchatkich o‘sishda davom etyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!