
Xitoy. Arnautovich "Shanxay SIPG"ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan "Shanxay SIPG" klubi bu tur safarda "Uxan Chjoer" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Milorad Majich boshqarib borgan mazkur bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
Yun Lui 4-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 23-daqiqada shanxayliklarning avstriyalik hujumchisi Marko Arnautovich muvozanatni tiklashga erishdi. Ahmedov esa aynan Arnautovich o‘rniga ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushdi.
Fikrlar