Xavi Simonsga APLning 3 ta grandi qiziqmoqda

  • 19 iyul, 16:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simonsning agentlari yozda "Arsenal," "Chelsi" va "Tottenxem" klublari bilan futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi 60 mln evroga sotilishi mumkin. Simonsning o‘zi Angliyaga ko‘chib o‘tishdan manfaatdor.

O‘tgan mavsumda Simons barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 70 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!