Gvardiola: “U oʻziga koʻproq ishonishi kerak”
- 26-апрел, 02:27
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Angliya kubogi yarim finalida “Manchester Siti” “Sautgempton”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. G‘alaba goliga yarim himoyachi Niko Gonsales mualliflik qildi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng Xosep Gvardiola uning o‘yin haqida fikr bildirdi:
"Yo‘q, men bunday golni undan kutmagan edim. Odatda bunday vaziyatlarda qanot hujumchilari yoki forvardlardan gol kutiladi. Ammo u buni munosib tarzda amalga oshirdi. U ajoyib mavsum o‘tkazmoqda.
U o‘ziga ko‘proq ishonishi kerak, ortiqcha ehtiyotkor o‘ynamasligi lozim. Ayni shu ruhda u tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilishi kerak. U hali yosh va yanada o‘sish imkoniyatiga ega", — dedi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, finalda “shaharliklar” “Chelsi” — “Lids” juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.