Xavi eng zo‘r hujumchilar uchligi aytdi. Ular orasida Messi yo‘q!

  • 10 sentabr, 2022, 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes hozirgi paytda jahon futbolida eng kuchli uch hujumchi nomini aytdi.

Tecno

- Robert Levandovski o‘zi gol urishdan tashqari butun jamoani o‘ynatadi. U qachon pressing qilish kerakligi yaxshi biladi va “Barselona”ga oldingi chiziqda ko‘plab variantlarni yuzaga keltirib beradi. Polshalik hujumchi o‘yinni yaxshi tushunadi va jamoadoshlari bilan maydonda ham zo‘r muloqot quradi.

Shuning uchun ham bugungi kunning eng zo‘r hujumchisi Levandovskidir. Shuningdek, Karim Benzema va Erling Xoland ham eng yaxshi uch hujumchi qatorida, - dedi Xavi Ernandes.

Robert Levandovski yozda “Bavariya”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi. Kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda beshta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!