
Xavi “Barsa” afsonasini haydayapti
Sport.es saytining xabar berishicha, “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa yulduzlaridan biri Jerar Pikedan tezroq qutilishga harakat qilmoqda.
Bosh murabbiyga 35 yoshli himoyachining muntazam norozilik bildirayotgani va e’tiroz qilayotgani yoqmayapti. Shu bois, Xavi Pikeni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi emas.
Jerar Pike 2008 yildan beri kataloniyaliklar sharafini himoya qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Avvalroq, “Barsa” nishonida turgan Lionel Messi jamoada Jerar Pike bo‘lsa, Kataloniyaga qaytmasligini bildirgandi.
Fikrlar