
Xavfli vaziyatlarga boy o‘tgan o‘yinda "Barsa" kichik hisobda g‘alaba qozondi
Ispaniya La-Ligasining 16-turidan o‘rin olgan "Atletiko Madrid" - "Barselona" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin ancha asabiy va xavfli vaziyatlarga boy o‘tdi. Kataloniya jamoasining yagona goliga 22-daqiqada Pedrining ajoyib reydidan keyin Usmon Dembele mualliflik qildi. Baxs so‘ngida Stefan Savich va zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Ferran Torreslar qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bundan tashqari yana 5 ta futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Shu tariqa, "Barsa" turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylanib oldi. "Atletiko" esa 6-pag‘onani band qilib turibdi.
Fikrlar