Xaverts Bundesligaga qaytishi mumkin
- 30-апрел, 14:59
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Kay Xaverts Bundesligaga qaytishi mumkin.
Jurnalist Charlz Uotts ma’lumotiga koʻra, londonliklar forvardni yozgi transfer oynasida sotishi mumkin. Futbolchiga Myunxenning "Bavariya" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Germaniya chempionlari Xavertsni "Chelsi"ga ijaradan qaytishi kutilayotgan Nikolas Jekson oʻrniga munosib nomzod sifatida koʻrmoqda.
Kay Xaverts 2023 yilda "Chelsi"dan "Arsenal"ga 75 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar moʻljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi "kanonirlar" safida barcha musobaqalar doirasida 20 ta oʻyinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q