
Xarri Keyn APLda Runi va Anri o‘rnatgan rekordni yangiladi
“Tottenxem” forvardi Xarri Keyn kecha “Vest Xem”ga (3:3) qarshi o‘yinda dubl qayd etib, Angliya premer-ligasida rekord o‘rnatdi.
Ayni damda “shporlar” sardorining joriy mavsumda “gol+pas” tizimida jamg‘argan ochkosi 12 taga etdi. U hozircha o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 7 ta assist yozdirib qo‘ydi. Goal nashrining xabar berishicha, shu kungacha, APLda hech bir futbolchi dastlabki 5 ta turda bunday natija qayd eta olmagan.
Bu borada avvalgi rekord “Arsenal”ning sobiq hujumchisi Terri Anri (11) va “Manchester Yunayted”da o‘ynagan Ueyn Runiga (11) tegishli edi.
Fikrlar