Xamzat Chimaevni enga oladigan yagona jangchi kim?
- 7-октябр 2025, 20:49
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
Amerikalik UFC jangchisi Shon Striklend o‘rta vazn chempioni Xamzat Chimaev haqida gapirdi.
“Men keyingi safar deylik, Ernandesga qarshi oktagonga chiqmoqchiman. Bu meni chempionlik jangiga yaqinlashtiradi. U go‘yo amerikalik "Chimaev"... Keyin esa haqiqiy Chimaev bilan jang qilishni istayman. Chechenni enga oladigan yagona odam — menman. Buni u ham, jamoasi ham yaxshi biladi,” — dedi Striklend "MMA Junkie" portaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Striklend 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan "Tuff-N-Uff" havaskorlar ligasida sodir bo‘lgan mushtlashuv sababli olti oylik diskvalifikatsiyani o‘tamoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q