Xames Madridda qoladi, biroq "Real"da emas
- 5-август 2020, 16:06
- 0
- Futbol
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Atletiko" safini to‘ldirishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda El Golazo de Gol.
Qayd etilishicha, "matraschilar" kolumbiyalik futbolchining transferi uchun hamshaharlariga 10-15 million evro tovon puli to‘lashadi.
2019/20 mavsumda madridliklar safida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan Xames 1 ta gol kiritib, uchta golli uzatma berdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q