
Xabib Nurmagomedov: "Dembele — sen eng zo‘risan"
36 yoshli UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov “PSJ” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembeleni yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olgani bilan tabrikladi.
"Dembele — eng zo‘risan. Tabriklayman", — deb yozdi Xabib frantsuz yulduzi hamda rossiyalik MMA jangchisi Islom Maxachev bilan birgalikda tushgan suratni ilova qilgan holda. Bu surat 2024/25 yilgi Chempionlar ligasi finalida olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p–2025”da Dembele “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamaldan ilgarilab ketdi. Uchinchi o‘rinni esa uning jamoadoshi Vitinya egalladi.
Fikrlar