Xabib Nurmagomedov BAAda yiliga dahshatli summa ishlab topadi!
- 16-феврал, 21:38
- Javohir Malikov
- 0
- MMA
MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov Rossiyadagi biznes faoliyatini butunlay to‘xtatib, Birlashgan Arab Amirliklaridagi loyihalarga e’tibor qaratmoqda. Bu haqida "Mash" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sportchi endi yiliga taxminan 46-50 million dollarga teng daromad oladi.
Aniqro‘g‘i, Xabib Rossiya jamg‘armasi va uning nomi bilan atalgan xayriya tashkilotini tark etgan, "Hikmit Travel" sayyohlik agentligi tugatilgan, "Sildi" kiyim-kechak brendi uning akasiga o‘tkazilgan va u yana "First Mobile" Internet provayderining hammuassisi bo‘lishni to‘xtatgan.
Ayni paytda, sportchining BAAdagi biznesi o‘sib bormoqda. U yerda Nurmagomedov yiliga 6 million dollargacha daromad keltiradigan "KHABIB GYM" sport zallari tarmog‘ini ishga tushirdi. Shuningdek, u "Gorilla FC" reklama aksiyasini 1 million dollarga sotib oldi va uni "EAGLE FC" deb o‘zgartirdi.