Xabib Nurmagamedov Maxachev - Oliveyra jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi

  • 19 oktabr, 2022, 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFCning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Charlz Oliveyra hamda Islom Maxachev o‘rtasidagi vakant chempionlik jangi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Islom Oliveyrani ot kabi minadi.  Ko‘pchilik Islomning imkoniyatlarini past baholamoqda. Bu odamlar Oliveyrani parterda juda yaxshi deb o‘ylashadi.

Charlz grepplingda katta mahoratga ega emas. Agar siz UFCda sakkiz marta mag‘lub bo‘lgan bo‘lsangiz, qanday qilib o‘zingizni zo‘r deb ayta olasiz?”, — dedi Xabib.

Maxachev va Oliveyra o‘rtasidagi jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabida UFC 280 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!