Vinisius Junior: "Gol urish sizlar o‘ylagandek oson emas"

  • 11 sentabr, 2024, 15:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vinisius Junior Braziliya terma jamoasining Paragvaydan uchralgan mag‘lubiyati haqida gapirdi.

Tecno

"Biz hozir qanday holatda ekanligimizni bilamiz. Biz Braziliyani har qanday holatdan ham undan olib chiqmoqchimiz. Yaxshi o‘ynash va g‘alaba qozonish uchun nima qilishimiz mumkinligini o‘ylab ko‘ramiz.

Bunday o‘yin ko‘rsatib, ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Bu qiyin daqiqalar. Biz barcha tanqidlarni qabul qilishimiz va Braziliyani yuqori pog‘onaga olib chiqish uchun tezroq o‘zimizga kelishimiz kerak.

Men o‘z salohiyatimni bilaman, jamoaga qanday yordam berish mumkinligini ham bilaman. Bu qiyin bo‘lishi tabiiy. Chunki ishonch bo‘lmasa, maqsadlar ham yo‘q. Men vatanim uchun qo‘limdan kelganini qilishga bor e’tiborimni qaratganman. Men har doim ham gol ura olmayman. Sababi bu ko‘rinadigan darajada oson ish emas.

Evropada futbol bu erdagidan tezroq va maydonlar sifati yuqoriroq. G‘alabalar bizga xotirjamlik bag‘ishlaydi va biz keyinchalik boshqacha o‘ynay olamiz. Mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘raymiz", — dedi Vinisius Junior.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!