Vinisius: Buni ta’riflab bera olmayman

  • 26 iyul, 2022, 13:41
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi finali doirasidagi "Liverpul"ga (1:0) qarshi o‘yin va uchrashuvda kiritgan goli haqida gapirdi.

Tecno

"Chempionlar ligasi finalida g‘alaba qozonish - bu dahshatli mavsumning ajoyib yakunlanishi. Keyingi safar qachon finalda o‘ynashimni hech kim bilmaydi, shuning uchun men bu lahzadan to‘liq bahramand bo‘lishni istardim, g‘alaba golining muallifi bo‘lish esa unutilmas tuyg‘u.

Buni shunday muhim turnirlarning finalida gol urganlargina tushunishi mumkin. Buni ta’riflab bo‘lmaydi. Men bu tuyg‘uni qanday ifodalashni va tushuntirishni bilmayman. Faqat o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi his-tuyg‘ularni boshdan kechirganlargina bu lahzaning ahamiyatini va bundan keyin qanchalik xursand bo‘lganimizni tushunishlari mumkin”, — dedi Vinisius klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Shu yilning 28 may kuni “Stad de Frans” stadionida 2021/22 yilgi Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Madridning “Real” klubi o‘z tarixida 14-marta turnir g‘olibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!