Velosportchimiz Osiyo chempionatida jahon rekordini o‘rnatdi

BEPUL PROPAN

Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Qayd etish joiz, hamyurtimiz Samira Ismoilova mazkur musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylandi. Ismoilova turnir davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqish barobarida yakkalik ta’qib poygasi dasturidagi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va jahon rekordini ham o‘rnatdi. Sportchimiz 3000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib o‘tgan.

G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

Kattalar: Dmitriy Bocharov, skretch
Yoshlar: Samira Ismoilova, omnium
Yoshlar: Samira Ismoilova, yakkalik ta’qib poygasi (Osiyo va jahon rekordi)

Bronza medal:

Yoshlar: Samira Ismoilova, ochkolar uchun guruh poygasi
Yoshlar: Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, juftlik medison
Kattalar: Asal Rizaeva va Nafosat Kozieva, juftlik medison
Kattalar: Nafosat Kozieva, omnium
Kattalar: Nafosat Kozieva, ochkolar uchun guruh poygasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!