Van Persi nega "Arsenal"dan ketganini aytdi

  • 18 avgust, 2019, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi hujumchisi Robin van Persi “kanonirlar” safidan nega ketganini aytdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, gollandiyalik sobiq futbolchi 2004-2012 yillarda londonliklar safida to‘p surgan va shundan so‘ng “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan edi.

“Bizning “Arsenal” bilan munosabatlarimizni uylangan erkakka o‘xshatish mumkin. Biz 8 yil birga bo‘ldik. Vaqt o‘tishi bilan “xotinim” mendan charchadi. Aniqrog‘i, “Arsenal” menga yangi shartnoma taklif qilmadi.

O‘sha paytda menda 3 ta klubdan taklif bor edi. Bittasi yo‘qoldi va “Manchester Siti” hamda “Manchester Yunayted” variantlari qoldi”, - deydi van Persi.

Eslatib o‘tamiz, Robin van Persi MYu ga ko‘chib o‘tgan yili Angliya chempioni bo‘ldi va Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!