Van Deyk: "Xoland tug‘ma to‘purar va uni to‘xtatish oson emas"
- 7-феврал, 15:36
- Улуғбек Хошимов
- 0
- Futbol
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
"U juda ajoyib hujumchi. Erlingga qarshi ko‘p yillardan buyon o‘ynab kelyapman. Xoland zamonaviy hujumchi, juda kuchli, tezlik borasida ham juda yetuk, tug‘ma to‘purar va unga qarshi o‘ynash oson bo‘lmaydi. "Manchester Siti"ga qarshi o‘tgan o‘yinda juda shiddatli bahs bo‘ldi. Agar biz o‘yinni o‘zgartira olganimizda, hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi, ammo yakunda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldik. Biroq yakshanba kuni bizda yana bir imkoniyat bo‘ladi. Xolandga qarama-qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi, ammo bu safar hammasi boshqacha bo‘ladi. O‘yinni intizorlik bilan kutyapman", - dedi niderlandiyalik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni "Liverpul" o‘z uyida "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi.