
Valverde Rakitichni sotishga qarshi emas
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich uchun kataloniyaliklarga qulay taklif tushsa, xorvatiyalik futbolchi jamoani tark etishi mumkin. "Ko‘k-anor ranglilar" ustozi Ernesto Valverde ham bunga qarshi emas.
Ilgariroq, unga "Inter" va "Manchester Yunayted"dan taklif bo‘layotgani borasida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi 2014 yildan "Barselona" sharafini himoya qilib keladi. Klub uning uchun "Sevilya"ga 18 mln evro to‘lagan.
Ma’lumot uchun, Ivan yakuniga etgan mavsumda kataloniyaliklar safida jami 54 bahsda ishtirok etdi va 5 ta to‘p kiritib, 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar