
Valverde: "Kopa Amerika"ni EChLdan ustun ko‘raman
Urugvay terma jamoasi hamda "Real" Madrid" klubi futbolchisi Valverde Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan ko‘ra "Kopa Amerika"dagi muvaffaqiyatni ustun ko‘rishini ta’kidlab o‘tdi.
Fede 2021/22 yilgi mavsumda "Real" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Bu mavsum ham u klubi bilan birgalikda finalga yo‘l oldi va g‘oliblik uchun "Borussiyaga" qarshi maydonga tushadi.
"Men ko‘pdan beri Amerika Kubogida g‘olib bo‘lishni orzu qilaman. Bu haqda ko‘p o‘ylayman. "Kopa Amerika"ni Chempionlar ligasi sovrinidan ustun ko‘raman", - dedi Fede Por la Camiseta nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, u Urugvay bilan "Kopa Amerika"ni yutish "Real"da EChLni yutishdan qiyinroq ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Fikrlar