"US Open"da yangi g‘olib. U 3 mln dollarni qo‘lga kiritdi

  • 14 sentabr, 2020, 09:26
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Nyu-Yorkdagi "Billi Jin King Neshional Tennis Senter"da tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "US Open" musobaqasining final bahsi bo‘lib o‘tdi. Yakkalik bahslari finalida avstriyalik Dominik Tim va germaniyalik Aleksandr Zverev o‘zaro kuch sinashdi.

Tecno

4 soatu 5 daqiqa davom etgan bellashuvning dastlabki ikki setida Zverev g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, yakunda Tim iroda ko‘rsatib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi - 2:6, 4:6, 6:4, 6:3, 7:6. Shu tariqa, 27 yoshli Dominik Tim 3 mln AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

"Katta dubulg‘a"da g‘olib bo‘lish men uchun ham, Zverev uchun ham orzu edi. Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bugun kortda ikkita g‘olib bo‘lganida, yanada ajoyib bo‘lar edi", - dedi Dominik Tim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!