
Ulug‘bek Rashitov - Tokio-2020 chempioni!
O‘zbek sporti uchun uzoq kutilgan voqelik yuz berdi. Aniqrog‘i, o‘zbekistonlik taekvondochi ilk bor Olimpiya o‘yinlarida medalga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, erkaklar o‘rtasida -68 kg vazn toifasida kurashda ishtirok etgan hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Rashitov g‘oliblik yo‘lida Seydu Mofana (Mali), Li De Xun (Janubiy Koreya), Marxashem Xusayni (Eron), Nedjat Xusich (Bosniya va Gertsegovina) va Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) kabi mahoratli sportchilarni engdi.
SPORTS.uz portali jamoasi nomidan Ulug‘bek Rashitov va uning yaqinlarini ushbu oltin medal bilan samimiy tabriklaymiz. G‘alabalaring bardavom bo‘lsin, Ulug‘bek!
Fikrlar