Ular yana birlashmoqda

  • 19 iyul, 2023, 15:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining MLSga yo‘l olishi kutilmagan voqea bo‘lgandi. U "Barsa" yoki "Al-Hilol"ga o‘tishi borasida ko‘plab nashrlar bot-bot yozishdi. Yakun esa boshqacha tus oldi va argentinalik yulduz "Inter Mayami" a’zosiga aylandi. Mazkur klub haqda ko‘pchilik ma’lumotlar izlash jarayonida jamoa ligada 29-o‘rinda ketayotganligi va atigi 5 marotaba g‘alaba qozonganiga guvoh bo‘lishdi. Demak Messi MLSning eng kuchli jamoasiga emas, balki autsayder klub tarkibiga qo‘shilibdi. Bu narsa ko‘plab memlarni keltirib chiqardi ham. Messi esa yangi maqsadlar, yangi sovrinlar uchun kurashda eski do‘stlaridan foydalanishga qaror qildi. "Inter Mayami" sobiq "Barsa" futbolchilarini o‘z tarkibiga qo‘shib olish missiyasini qabul qilib oldi. Endi buni birin-ketin amalga oshirish kerak. 

Tecno
Xerardo Martino
 
"Inter Mayami"ning birinchi qiladigan ishi bu Messining yoqimtoy murabbiyi Xerardo Martinoni olib kelish bo‘ldi. Bu mutaxassis va Leo o‘rtasidagi aloqani qisqaroq qilib tushnintirib berishga harakat qilaman. Dastlab "Nyu Old Boys" yoshlar jaomoasida tanishgan bu ikki inson 2013 yilda "Barselona"da yana birlashdi. O‘sha vaqtlar Tito Vilonava klubni tark etganidan keyin uning o‘rniga argentinalik murabbiy keladi. Bu hodisani ko‘pchilik Lionel rahbariyatni boshqarayotganligi, uning qarorlari bilan ish ko‘rilayotganlini tan’a qilishadi. Futbolchi esa buni inkor qilib kelgan. Dastlabki 20 ta o‘yinida mag‘lubiyat nimalini bilmay kelgan Martino shogirdlari yakunda La Ligani boy beradi, Chempionlar ligasining chorak finalida "Atletiko"ga 2:1 hisobida yutqazadi va Ispaniya kubogi finalida Beylning Bartrani ajoyib tarzda ortda qoldirib urgan goli "Real"ga g‘alaba keltiradi. Katta sovrinlarsiz mavsumni yakunlashga o‘rganmagan "Barsa" muxlislari bundan jahli chiqadi. Matbuot tinmay Xerardoni ayblab chiqishadi. Neymar, Fabregaslarni o‘tkazgan yomon mavsumlari uchun murabbiyni bo‘shatilishi kerakligini yozishadi va shunday ham bo‘ldi.
How Did Lionel Messi Fare Under Tata Martino at Barcelona and Argentina? -  SportsBrief.com
 
"Barsa" u bilan xayrashdi. Oradan ko‘p o‘tmay Martino "JCh-2014"ni finalidan qaytgan yigitlarga ustozlik qila boshladi. Uning boshqaruvida Argentina terma jamoasi ikki marta Kopa Amerikani Chiliga topshirib qo‘ydi. Aynan Messining faoliyatidagi eng omadsiz davlarda uni hammadan ham mana shu murabbiy yaxshi bilardi. Martino orada "Atlanta Yunayted" va Meksika terma jamoalarini boshqarib, yana Messi bilan birga ishlamoqda.
Image

Serxio Buskets

Hozircha "Inter Mayami" faqatgina Serxio Busketsni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan edi. Ammo klubning moliyaviy holatini yaxshilash uchun bitimni bekor qilib, katoloniyaliklarni erkin agent sifatida tark etishga qaror qildi. Agarda Messi "Al-Hilol"ni tanlaganida katta ehtimol bilan Buskets ham Saudiyaga yo‘l olgan bo‘lardi. Mish-mishlarga ko‘ra, yarim himoyachining dastlabki qarori Osiyo tomonlarga kelish bo‘lgan. "An-Nasr" unga jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Ammo Buskets Messi bilan yana bir tarkibda o‘ynashga rozi bo‘ldi. 35 yoshli futbolchi va "Inter Mayami" o‘rtasida 2 yillik shartnoma tuzilgan.

Image

Xordi Alba 

Busketsdan tashqari Xordi Alba ham "Barselona" bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylandi. Hali himoyachi to‘liq "Inter Mayami" futbolchisiga aylanmadi. Ammo tez orada rasmiy xabar e’lon qilinadi. Klub prezidenti Xorxe Mas Alba bilan hammasi kelishib qo‘yilgani va yaqin kunlarda uni jamoaga kelib qo‘shilishini aytib o‘tdi. Xordida ham Saudiya Arabistoni varianti bo‘lgan, lekin u Messiga yana assistlar amalga oshirishga qaror qildi. Alba uchun "Barsa"dagi so‘nggi mavsum yaxshi o‘tgani yo‘q. Garchi klub La Ligani qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham 34 yoshli ispan Alexandro Baldega asosiy tarkibni topshirib qo‘ydi. Ammo kerakli vaziyatda o‘zini ko‘rsata olgan paytlar ham bo‘ldi. Endi u boshlang‘ich tarkibdan havotir olishi shart emas.

Exclusive: Barcelona star Jordi Alba says Lionel Messi return would be  'perfect' and discusses club scandals | Goal.com

Luis Suares

 Messi "Inter Mayami"ga o‘tganidan keyin ko‘plab nashrlar Luis Suares transferi haqda xabar berdi. Ammmo hujumchi mish-mishlarni rad qilib, "Gremio"da qolishini ta’kidlagandi. Ayni paytga kelib urugvaylik futbolchi qarorini o‘zgartirganga o‘xshaydi. Har holda u ham "Inter Mayami"ga o‘tishga yaqin turibdi. Shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishib olingan, lekin Suaresning "Gremio" bilan 2024 yilning qishiga qadar tuzilgan shartnomasi bor. Agarda uni kimdir sotib olishni istasa, Braziliya klubiga 70 million tovon pulini to‘lashi kerak bo‘ladi. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra,. Luis "Gremio" bilan bitimni bekor qilib, "Inter Mayami"ga o‘tishi mumkin ekan. Bir mavsumda ikkita jamoada to‘p surgan Saures endi AQShni zabt etishga otlanmoqda.

Luis Suarez talks up reunion with Lionel Messi at Inter Miami | The  Independent

Keyingisi kim?

"Iner Mayami" to‘xtab qolish niyati yo‘q. Mish-mishlarga ko‘ra, Mayami klubi erkin agentga aylangan Andres Inesta, Eden Azar va Serxio Ramos kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. 

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!