
"UFC 261": Asosiy janglar boshlanmoqda (matnli translyatsiya)
Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las Vegas shahrida "UFC 261" turniri bo‘lib o‘tishidan xabardorsiz. Ushbu sahifada janglarni matnli translyatsiya orqali kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi. Eng so‘nggi vaziyatlardan boxabar bo‘lib turish uchun sahifani yangilab turish tavsiya etiladi:
9:25: Shu bilan "UFC 261" turniri yakunlandi. Matnli translyatsiyani Abdulvosid Valixonov olib bordi.
9:19: Kamaru Usman ikkinchi raundning avvalidayoq Masvidalni chuqur nokautga uchratdi. Super zarba. Bu ularning to‘qnashuviga qo‘yilgan katta nuqta!
9:14: Birinchi raund o‘ta yorqin o‘tdi. Tik holatda ham parterda ham juda aktiv jang olib borildi. Kichik ustunlik Usman tarafida.
9:01: Jangchilar oktagonga ko‘tarilib kelmoqdalar.
8:52: Navbat asosiy jangga etib keldi. Kamaru Usman (18-1-0) - Xorxe Masvidal (35-14-0) chempionlik jangini o‘tkazadilar. Bungacha bo‘lgan to‘qnashuvlar fonida bu jang yanada qiziqarli o‘tishi shart.
8:43: Rouz Namayunas ajoyib hay-kik va graund-end-paund bilan Jang Veylini mag‘lub etdi. Eng chiroyli nokaut bo‘lishi aniq. Agar meyn-iventda kutilmagan holat yuz bermasa...
8:33: Bahs ishtirokchilari oktagonga chiqib kelmoqda.
8:29: Endi Veyli Jang (21-1-0) - Rouz Namayunas (10-4-0) jangini tomosha qilamiz. Yana bir chempionlik kurashi.
8:20: Valentina Shevchenko Jessika Andradeni 2-raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi. Hakam jangni to‘xtatdi. Texnik nokaut.
8:16: Birinchi raundda Valentina bir nechta muvaffaqiyatli teyk-daun amalga oshirdi. Jessikani ishlashga bermadi. Qirg‘izistonlik jangchi raundni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, desak bo‘ladi.
8:07: Jangchilar oktagonda. Boshlanyapti!
8:02: Navbat chempionlik janglariga. Valentina Shevchenko (20-3-0) - Jessika Andrade (21-8-0)
7:48: Kris Uaydman zarba berib, oyog‘ini sindirib oldi. Juda og‘ir jarohat. Uraya Holl hech narsani tushunmay qoldi.
7:35: Uraya Holl (17-9-0) - Kris Uaydman (15-5-0) o‘rta vazndagi jangchilar kurashini bizga taqdim etadilar. Yana bir ajoyib jang bizni kutib turibdi.
7:29: Jimmi Krutning oyoqlari "ishdan chiqdi". Shifokorlar ruxsat bermadi. Oyoq suyaklaridan birining o‘rni siljigan ko‘rinadi.
7:15: Entoni Smit (34-16-0) - Jimmi Krut (12-1-0) jangi boshlanmoqda. Ular oktagonga chiqib kelmoqda.
6:58: Asosiy janglar boshlanmoqda. Eng qiziqarli bahslar oldinda.
6:45: Rendi Braun sabmishen evaziga g‘alaba qozondi. Raund davomida Oliveyra bir nechta og‘ir zarbalarni ham qabul qilgandi.
6:29: Aleks Oliveyra (22-9-1) - Rendi Braun (12-4-0) jangi bizni oldinda kutib turibdi.
6:25: Hakamlar bahs so‘ngidagi holatni emas, Grantning faolligini ustun, deb bildilar. Duayt ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.
6:23: Sekulich 3-raund so‘ngida Grantni qariyb mag‘lub etgandi. Vaqt tugadi. Katta ehtimol bilan, Stefanga hakamlar g‘alabani berishadi.
6:17: Grant ikkinchi raundda o‘zini tiklay oldi. Uning qarshi hujumlari xavfliroq chiqdi.
6:11: Sekulich birinchi raundni kichik ustunlik bilan yakunladi. Ikkinchi raundni kutamiz.
6:02: Endigi jang Duayt Grant (10-3-0) va Stefan Sekulich (12-3-0) o‘rtasida kechadi. Jangchilar oktagonda. Yarim o‘rta vazn toifasi vakillari.
5:45: Brenden Allen birinchi raundning so‘nggi soniyalarida og‘ritish usuli bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Roberson oyoqlarini berib qo‘ydi va mana shu mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi. Qoyil, tajriba o‘z so‘zini aytdi.
5:36: Navbatdagi juftlik: Karl Roberson (9-3-0) - Brenden Allen (15-4-0). O‘rta vazn toifasi vakillari.
5:30: Pet Sabatini kutilganidek g‘alabaga erishdi.
5:28: 3-raundda Konelli muvozanatni tiklashga erishdi. Ammo butun jang kartinasini belgilashga bu etarmikan? Hozir bilib olamiz.
5:22: Ikkinchi raundni ham Sabatini ustunlik bilan o‘tkazdi. Parterda Konelli hech narsa qila olmadi. Pet ham ortiqcha faollik namoyish etayotgani yo‘q.
5:16: Birinchi raund deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Kichik ustunlikni Sabitini tomoniga berish mumkin. U parterda faolroq ishladi.
5:15: Eslatib o‘tamiz, bu turnirdan e’tiboran muxlislar arenada bo‘ladi. Bugun Jeksenvilda ham MMA ixlosmandlari jam bo‘lgan.
5:14: Prelim janglarning birinchisi Pet Sabatini va Tristan Konelli o‘rtasida kechadi. Jangchilar allaqachon oktagonda.
5:12: Assalomu alaykum, aziz UFC ixlosmandlari. "UFC 261"ga xush kelibsiz. Matnli translyatsiyani boshlaymiz.
Fikrlar