U17 JCh. So‘nggi yarim finalchi nomi ham ma’lum

  • 25 noyabr, 2023, 20:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining avj pallasiga etib keldi. Chorak finalning so‘nggi bahsida Mali terma jamoasi Marokash bilan kuch sinishdi. O‘yin taqdirini hal qilgan golni 81-daqiqada Mali terma jamoasi vakili Ibrahim Diarra kiritdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Tecno

Shu tariqa O‘zbekistonni mag‘lub etgan ikki terma Mali va Frantsiya yarim finalda to‘qnash keladigan bo‘ldi. Avvalroq Germaniya va Argentina qarama-qarshiligi aniqlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
25/11/2023 22:11
Нега қоидага кўра Францияни четлатишмади