
U o‘zga sayyoradan...
“Inter”da to‘p surayotgan "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Arturo Vidal kataloniyaliklar safidagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi.
“Kim kuchli – Messi yoki Ronaldu? Bu borada menda hech qanday shubha yo‘q. Messi – boshqa sayyoradan. Leo bilan ikki yil birga o‘tgan faoliyatimdan so‘ng, ko‘p narsalarni bildim. Biz u bilan do‘stlashdik va bu abadiy bo‘lib qoladi”, - dedi chililik futbolchi.
Fikrlar