Turkiyani “yondirayotgan” Shomurodovni Italiyada qo‘msab qolishdi!

  • 22 sentabr, 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabridan boshlab, to‘rt yildan ko‘proq vaqtini “top-5” ligalar sirasiga kiruvchi A Seriyada o‘tkazgan edi.

Tecno

Yangi mavsum oldidan 30 yoshli hujumchi urkiya Superligasiga ko‘chib o‘tishga rozilik bergandi. Shomurodovning Italiyadagi faoliyatini yoritib kelgan nufuzli manbalar o‘zbek futbolchisini hali ham unutgani yo‘q. Ular legionerimizning “Istanbul Bashakshehir”dagi o‘yinlarini ham kuzatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Xususan, “Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan romaforever.it sayti rimlik futbol ishqibozlariga Eldor Shomurodovning Turkiyadagi muvaffaqiyatlari haqida ma’lumot berdi.

Eldor Shomurodov Italiyadan tashqaridagi yangi sarguzashtlarini muvaffaqiyatli boshladi. Avvaliga “Jenoa”, keyinchalik “Roma”, orada “Spetsiya” hamda “Kalyari”da to‘p tepgan o‘zbekistonlik hujumchi Turkiya Superligasida “Istanbul  “Bashakshehir” jamoasi sharafini munosib himoya qilmoqda.

“Roma”ning sobiq o‘yinchisi UEFA Konferentsiyalar ligasi saralash turniri va Turkiya chempionatida jami 11 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Superligada “Beshiktosh” darvozasini ishg‘ol qilib, Turkiyadagi gollari hisobini ochdi va yana ikki marta jamoadoshlariga golli pas uzatdi.

Chempionat doirasida “Antalya”ga qarshi bahsda ham o‘zbek hujumchisi Turkiya chempionatidagi ikkinchi golini urdi. Aslida durang bilan yakunlangan bu bahsda, Shomurodov raqib hisobni tenglashtirganidan keyin ham darvozani ishg‘ol qilgandi. Vaziyatga aralashgan VAR offsayd tufayli o‘zbek futbolchisining ikkinchi golini bekor qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek legioneri turk klubiga muayyan shartlar asosida keyinchalik to‘liq transfer qilish majburiyati bilan “Roma” tomonidan bir mavsumga ijaraga berilgan. Rimliklar ijara summasi sifatida 3 million evroni olib bo‘ldi. Endi mavsum oxirida shunga yaqin mablag‘ to‘lansa, Shomurodovning to‘liq transferi ta’minlanadi.

“Roma”dagi oxirgi mavsumida 37 ta uchrashuvda ettita gol va beshta assist muallifi bo‘lgan Shomurodov transferining umumiy summasi 5,7 million evro bo‘lishi kelishilgan. Demak, turklar kelasi yoz yana 2,7 million evro to‘lashi talab etiladi.

Muzokaralar davomida Eldor Shomurodovning “Istanbul Bashakshehir”ga ko‘chib o‘tishi 7-8 million evroni tashkil etishi kutilgan edi. Biroq keyinchalik Italiya superklubi talabini pasaytirishga ko‘ndi.

Shunga qaramay, “Istanbul Bashakshehir” agar keyinchalik o‘zbek hujumchisini transfer qiladigan bo‘lsa, o‘sha savdoning 10 foizini Rim klubi g‘aznasiga o‘tkazib berishi lozim, - deb yozdi romaforever.it sayti eksperti Luka Mugnayoli.

Ta’kidlash joizki, agar har ikki klubning rejasi amalga oshib, Shomurodovning transferi to‘liq amalga oshirilsa, tajribali hujumchimiz “Istanbul Bashakshehir” tarixidagi ikkinchi qimmatbaho o‘yinchiga aylanadi.

Istanbulliklar yozda Eldor Shomurodov ijarasini hal qilganidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir etakchisi – Abbosbek Fayzullaev jamoaga qo‘shib oldi. Turklar 21 yoshli hujumkor futbolchi uchun TsSKAga 7,5 million evro to‘ladi. Bu klub tarixidagi eng katta va eng qimmat transfer sifatida qayd etildi.

Bizga Husanov etishmadi! “Siti” fanatlari Husanov haqida yana nimalar deyapti?

Husanov va Xolandning yo‘li ayrilishi mumkin...

Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

Tezkor: Jarohat olgan Husanovning ahvoli haqida dastlabki ma’lumot berildi

Shomurodov “qurbonlari” qatoriga yana bittasini qo‘shdi

G‘alaba kerak bo‘lsa, Husanovni o‘ynat!

Fayzullaev o‘tishi mumkin bo‘lgan 30 dan ortiq klub bor edi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
22/09/2025 20:26
Futbolchilarga omad tilayman. Ko‘proq GOL urishsin!