
Triatlon. Samarqandda Osiyo kubogi start olmoqda
- 7-октябр 2022, 21:35
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- 0
- Boshqalar
Samarqandda yana bir nufuzli musobaqa start olmoqda. 8-9 oktyabr kunlari ro‘yi zamin sayqali triatlon bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi.
Ushbu musobaqada 30 ta davlatdan sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Har ikki kungi bellashuvlar triatlonning klassik yo‘nalishi: ochiq havzada 1,5 kmga suzish, 40 kmga velopoyga va 10 kmga yugurish dasturlarida o‘tkaziladi.
8 oktyabr kuni 70 nafar professional sportchi, 9 oktyabr sanasida esa 160 nafar havaskor atletlar chempionlik uchun bellashadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q