
"Tottenxem"dagi daniyalik futbolchilar soni yana bittaga ko‘payishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi "Kopengagen" yarim himoyachisi Robert Skovga qiziqib qoldi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 22 yoshli daniyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki Skovga shuningdek "Vest Xem", "Uotford" va "Vulverxempton" kabi APLning boshqa jamoalaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Skov joriy mavsum “Kopengagen” safida jami 38ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 24ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar