"Tottenxem" bir cheklov sababli Sonni sota olmayapti

  • 17 iyun, 18:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" hujumchisi Son Xin Minning kelajagi hamon so‘roq ostida bo‘lib qolmoqda.

Yaqinda London jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan Tomas Frank tarkibni qayta tuzishni rejalashtirmoqda va Son klubni tark etuvvchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Biroq, "Tottenxem" Sonni yaqin orada sota olmaydi. Sababi, yozda klub Osiyoga safar uyushtiradi.

Ushbu safar doirasida Son o‘z vatani Janubiy Koreyada "shporlar"ning "Nyukasl"ga qarshi o‘yinida ishtirok etishi shart. Bu "Tottenxem"ning safar bo‘yicha tuzilgan tijoriy shartnomasida ko‘rsatilgan.

Umuman olganda, London klubi Sonni faqat avgust oyida sotishi mumkin. Hujumchining "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!