Toshkentda “Iqtidorli murabbiylar” konferensiyasi boshlandi
- 3-декабр 2025, 19:03
- Karim Xudayqulov
- 0
- Futbol
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Iqtidorli murabbiylar” konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Unda murabbiylar malakasini oshirish, iqtidorlarni tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, ta’lim sifatini yaxshilash hamda selektsiya jarayonlarini ilmiy asosda takomillashtirish maqsad qilingan.
Tadbirning ochilish marosimida O‘FA rahbariyati hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.
Konferensiyada Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan bolalar futboli bo‘yicha murabbiylar va professional klublar vakillari qatnashdi. Tadbir davomida o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi murabbiyi Islom Ismoilov, belaruslik mutaxassis Sergey Kubarev o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashib, savollarga javob berishdi.
Mutaxassislar bolalar, o‘smirlar va yoshlar futbolida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, murabbiylikdagi yangi yo‘nalishlar hamda ilg‘or yondashuvlar xususida fikr almashdilar.