
To‘purar Xaviga shart qo‘ydi
“Barselona”dagi debyut mavsumida jamoa to‘purariga aylangan Memfis Depay mavsum yakunlanishi bilan Kataloniyani tark etishi mumkin.
Niderlandiyalik hujumchini jamoaga hamyurti Ronald Kuman olib kelgan. Kumanning o‘rniga Xavi tayinlangani uning kelajagini so‘roq ostiga qo‘ydi. Qolaversa, klub rahbariyati Xavi talabiga ko‘ra, Edinson Kavani va Erling Xoland transferi bo‘yicha ish boshladi.
Memfis Depayda “Barselona”da qolish varianti ham bor. Niderlandiyalik futbolchi buning uchun bosh murabbiy Xavi unga asosiy tarkibdagi joyini kafolatlashi kerak bo‘ladi.
Yozda “Barselona”ga “Lion”dan erkin agent sifatida o‘tgan futbolchi Ispaniya chempionatida 15 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini sakkiz marta aniq nishonga oldi.
Fikrlar