
Toma hamon etakchi, Marushich ikkinchi o‘ringa chiqib oldi (To‘purarlar)
- 22-май 2024, 15:15
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. "Andijon" ochko yo‘qotgan bo‘lsa, "Navbahor" "Neftchi" ustidan zafar quchdi. Shuningdek, OKMK va "Bunyodkor" gollarga boy o‘tgan bahslarda g‘alabani ilib ketishdi.
Ushbu o‘yinlardan keyin "Navbahor" va "Nasaf" jamoalari bir xil ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi. "Lochinlar" futbolchisi Toma Tabatadze to‘purarlar poygasida hali ham etakchilik qilmoqda. "Ajdarlar" a’zosi Zoran Marushich 5 ta gol bilan keyingi pog‘onada bormoqda.

Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q