
Tojikiston Livanga yutqazdi. Superligamizdagi legionerlardan kimlar maydonga tushdi?
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “Merdeka Cup-2024” xalqaro mini musobaqasida Tojikiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Superligamizda to‘p surayotgan legionerlar - Shaxrom Samiev (“Andijon”), Zoir Jo‘raboev, Manuchexr Safarov (ikkalasi – “Neftchi”) va Daler Sharipov (“Metallurg”) ham Tojikiston termasiga jalb qilinishgan.
Bugun musobaqaning yarim finalida Tojikiston Livanga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida yutqazib qo‘ydi. Jo‘raboev, Safarov va Samiev o‘yinni to‘liq o‘tkazishgan bo‘lsa, Sharipov ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirildi.
Livan –Tojikiston – 1:0 (0:0).
4 sentyabr. Malayziya, Kuala-Lumpur. “Bukit Jalil” stadioni.
Tojikiston: Dalerjon Barotov, Zoir Jo‘raboev (Raxmatsho Raxmatzoda, 46), Mexrubon Karimov, Axtam Nazarov, Manuchexr Safarov, Alisher Shukurov (Bilol Boboev, 66), Xusrav Toirov (Daler Sharipov, 46), Fatxullo Olimzoda (Sharafjon Solexov, 83), Parvizjon Umarboev, Jovidon Xushvaxtov (Daler Sharipov, 46), Shaxrom Samiev.
Gol: Jexad Ayub, 13 – 1:0.
Fikrlar