
Tibbiy tekshiruvdan so‘ng Pedrining qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
- 17-феврал 2023, 17:23
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ispaniyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga qarshi Evropa ligasining 1-bo‘limida (2:2) jarohat olgandi va maydonni erta tark etgandi.
"Ko‘k-anorranglilar"ning ma’lum qilishicha, ertalabki tekshiruv Pedrining o‘ng oyog‘ining son qismidan jarohat olganini tasdiqlagan.
"El Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli xavbek 6 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi va 19 mart kuni Ispaniya chempionatida "Real"ga qarshi o‘yingacha tiklanishi mumkin.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q