Tezkor: Samvel Babayan - "Andijon" bosh murabbiyi!
Hozirda erkin agent bo‘lib turgan Samvel Babayan "Andijon" bosh murabbiyi bo‘ldi.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevga ma’lum bo‘lishicha, sobiq O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblangan Samvel Babayan Maksim Shatskixning o‘rnini egalladi. Qayd etilishicha, bu kelishuv tez orada rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda "burgutlar"ni Akmal Shorahmedov bosh murabbiy sifatida vaqtinchalik boshqarmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "Andijon" Superliganing so‘nggi turini "Bunyodkor"ga qarshi o‘tkazadi. Bo‘lajak bellashuv 30 noyabr kuni soat 15:00’da start oladi.



Fikrlar