Terma jamoamiz Jahon chempionatini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

  • 28 fevral, 19:26
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi debyut jahon chempionatidagi ilk o‘yinda Janubiy Afrika Respublikasi bilan bahs olib bordi. Terma jamoamiz mazkur bellashuvda raqib darvozasiga javobsiz 12 ta shayba kiritdi - 12:0.

Tecno

O‘zbekiston uchun tarixiy ilk gol Loren Petrosyan tomonidan kiritilgan bo‘lsa, himoyachimiz bugun jami uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Hujumchilar Saloxiddin Azimov, Jasurbek Rustamxonov va Albert Dadaxojaev ikkitadan gol urishdi. Rustamxonov turnir tashkilotchilari tomonidan uchrashuvning eng yaxshi xokkeychisi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!